Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatiga to‘langan pulni qaytarish tartibi o‘zgartirildi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori (VMQ-267, 05.04.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zgartirishga asosan, pul badallarini to‘lagan, biroq harbiy yig‘inlardan o‘tmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga to‘langan mablag‘lar, agarda u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganda va unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan 27 yoshgacha I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda belgilangan tartibda qaytarib beriladi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisi vafot etgan taqdirda to‘langan pul badallari uning yaqin qarindoshiga, merosxo‘riga, vasiysiga yoki homiysiga qaytariladi.
Buning uchun TMEK xulosasining nusxasi (vafot etgan taqdirda guvohnoma nusxasi) va Maxsus hisob raqamiga badallar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi tomonlarning imzolari qo‘yilgan shartnoma nusxasi ilova qilingan holda harbiy hisobga qo‘yilgan joyidagi mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining nomiga to‘langan pul badallarini qaytarish haqida (to‘langan pul summasini ko‘rsatgan holda) ariza berish lozim.
Mavzuga oid
09:01 / 27.01.2026
Kambag‘al oilalar reyestridagilar uchun safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati bepul qilinadi
13:20 / 03.01.2026
Maduro Karakasda portlashlardan so‘ng safarbarlikka chaqirdi
14:15 / 14.10.2025
Putin tinchlik davrida ham zaxiradagilarni jalb etish huquqiga ega bo‘ladi
18:39 / 15.07.2025