Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Suriyada kimyoviy hujum oqibatida 500 kishi jabrlanganini ma'lum qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ma'lum qilishicha, Suriyaning Dumasida ro‘y bergan kimyoviy hujumdan so‘ng taxminan 500 kishi tibbiy muassasaga kimyoviy zaharlanish asoratlari bilan murojaat qilgan. Bu haqda tashkilot xabarida aytiladi.
«Xususan, murojaat qilganlarda shilliq pardaning kuchli qichishishi, nafas olish va markaziy asab tizimining buzilishi belgilari qayd etildi», - deya ta'kidlashgan JSSTdan.
Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, yerto‘lalarda yashiringan 70dan ortiq inson halok bo‘lgan. Shu bilan birga, 43ta o‘lim holati zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanishga bog‘liq ekani aytilmoqda.
JSSTdan ko‘rsatishlaricha, bu ma'lumot sheriklardan olingan, biroq gap aynan kim haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
18:37 / 29.06.2026
Hantavirus epidemiyasi yakunlanish arafasida - JSST
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026