Jahon | 17:05 / 12.04.2018
35866
1 daqiqa o‘qiladi

KQTT Skripalni nima bilan zaharlashganini aniqladi

Foto: Corporal Pete Brown/AP

GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya «Novichok» moddasi bilan zaharlangan. Bu haqda Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (KQTT) hisobotida aytiladi, deb xabar bermoqda Sky News.

Shu tariqa, KQTT Britaniya tomoni versiyasini tasdiqladi.

Ekspertlar Solsberida Skripallar zaharlangan joydan olingan namunalarda zaharlovchi moddalar zarrachalarini topishgan. Zahar Skripallarning qonidan ham topildi, deb xabar beradi Sky News.

KQTTdan ta'kidlashlaricha, topilgan modda aralashmasiz bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Yuliya Skripal qayerda ekanini aniqlagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid