Keyingi yillarda davlatning mudofaa masalasi muhim siyosiy vazifalardan biriga aylanmoqda. Çunki, armiya xalqning, davlatning muhim qalqoni, tayançi hisoblanadi.
Heç kimga sir emaski, barça sohalarda qilinayotgan islohotlar mudofaa sohasida ham izçillikda, şiddat bilan amalga oşirilmoqda. Özbekiston Qurolli kuçlari safida xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va askarlarning jangovar va ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarligini muntazam oşirib boriş bugungi mudofaa siyosatida belgilab qöyilgan maqsadlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Qurolli kuçlar safida xizmat qilayotgan har bir harbiy xizmatçi jangovar tayyorgarligini takomillaştirib borişi şaylik holatida turişi lozim.
Mana şunday vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida, Qurolli kuçlar akademiyasi bitiruvçi bosqiç kursantlari mavjud bölgan qurollardan otiş maşqini bajarişdi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Öquv reja asosida kursantlar kundalik faoliyatda şuğullangan qurollardan otiş tayyorgarligining amaliy maşğulotlarini öquv reja asosida ötkazişdi.
Kursantlar belgilangan nişonlarga qarata OSV-96 (özi öqlanadigan katta kalibrli merganlik miltiği), 6G30 (granatomyot), PKM(Pulemyot Kalaşnikov), PM (pistolet Makarov), RPG-7 (tankka qarşi qöl granatamyoti) va BMP-2 (gusenitsali piyodalar jangovar maşina) kabi texnikalardan öt otişdi.
Dala öquv maşğuloti mutaxassisining ta'kidlaşiça, sönggi yillarda olib borilayotgan mudofaa islohotlari natijasida kursantlarga mana şunday amaliy öquv maşğulotlari soni keskin oşirilgan. Maqsad bitta - harbiylarning nazariy bilimlarini amaliy maşqlar orqali doimiy ravişda mustahkamlab boriş.
















