Özbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari tomonidan 2019 yilgi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi hamda Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining harbiy havo kemalari tomonidan ikki mamlakat havo makonidan foydalaniş böyiça kelişuvlar imzolandi. Bu Mudofaa vazirligi Kun.uz’ga xabar bermoqda.
12 oktabr kuni Özbekiston va Rossiya mudofaa idoralari rahbarlari Toşkentda uçraşib, tomonlar ikki mamlakatning mudofaa sohasiga oid masalalarini hamda özaro hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilgandi. Abdusalom Azizov Rossiya mudofaa vaziri bilan suhbatda rossiyalik harbiy mutaxassislar bilan qöşma tadbirlarni ötkaziş muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etib ötgan. Uçraşuv yakuniga köra, harbiy havo kemalari tomonidan ikki mamlakat havo makonidan foydalaniş böyiça kelişuvlar imzolangani ma'lum qilindi.


Oxirgi marta, vazirlar Toşkentda, şu yilning 21 may kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Şoygu boşçiligidagi harbiy delegatsiya rasmiy taşrifi doirasida uçraşgandi. Tomonlar mudofaa sohasidagi hamkorlik va uning istiqbollarini muhokama qilib, harbiy-texnika yönalişida özaro aloqalarni mustahkamlaş böyiça fikr almaşişgan.


Bir yil muqaddam Jizzax viloyatidagi «Foriş» toğ dala öquv maydonida 12 yil içida ilk marotaba Rossiya Federatsiya hamda Özbekiston Respublikasi qurolli kuçlari bölinmalari örtasida qöşma maşğulot ötkazilgandi. Özbekiston—Rossiya örtasidagi sönggi öquv maşğulotlari aynan mana şu poligonda 2005 yilda taşkil etilgandi. Katta tanaffusdan keyin qöşma maşğulotda ikki mamlakatdan jami 400 nafarga yaqin harbiy xizmatçi iştirok etdi.
2017 yilning özida yana ikkita diqqatga sazovor hodisa röy berdi: birinçidan, Özbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elçixonasi qoşida harbiy attaşe lavozimi joriy etildi. Ikkinçidan, mintaqada xavfsizlikni ta'minlaş masalalariga bağişlangan Özbekiston–Rossiya maslahatlaşuvlarining 5-bosqiçi Toşkentda bölib ötdi.

2000 yildan boşlab Özbekiston va Rossiya örtasidagi harbiy hamkorlik ikki davlat mudofaa vazirliklari örtasida har yili imzolanadigan Harbiy hamkorlik rejasi asosida amalga oşiriladi. Mazkur kelişuvlarni amalga oşiriş yölida tomonlar tezkor va jangovar tayyorgarlik, ta'lim, harbiy xizmatçilarning malakasini oşiriş, harbiy kadrlarni tayyorlaş, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, havo kemalari harakatini boşqariş va parvozlar xavfsizligini ta'minlaş, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş kabi yönalişlarda köplab tadbirlarni taşkil etib kelmoqda. Ötgan davr mobaynida ikki mamlakat hududida 300 ga yaqin hamkorlik tadbirlari ötkazilgan.

















