Pokiston Oliy sudi juma kuni mamlakat sobiq boş vaziri Navoz Şarifga siyosat bilan şuğullanişni umrbod taqiqladi. Bu haqda mahalliy Dawn naşri xabar bermoqda.

Naşr xabariga köra, sud qarori uşbu sessiyada bölgan barça beş sudya tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.

Avvalroq Pokiston Oliy sudi Navoz Şarifni “Pokiston musulmonlar ligasi” partiyasi yetakçisi lavozimidan çetlaştirgandi.

2017 yilning iyulida Pokiston Oliy sudi Şarifni mamlakat boş vaziri lavozimidan çetlaştirdi. Bunga “Panama hujjatlari” sabab böldi. Uning körsatişiça, boş vazir farzandlari ofşor firmalarga egalik qilgan. Oliy sud komissiyasi qoşidagi maxsus tergov guruhi tomonidan ötkazilgan dastlabki suriştiruv ötgan yilning yozida yakuniga yetdi, hamda şundan keyin Oliy sud komissiyasi şu asosda jinoiy iş qözğatiş haqida qaror qabul qildi.