Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Suriyaga zarbalar fonida Rossiyaga murojaat bilan chiqdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi chiqishi davomida Rossiyaga ham murojaat qildi. Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.
«2013 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning hukumati butun dunyoga Suriyada kimyoviy qurol yo‘q qilinishini kafolatlashi haqida va'da berdi», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Biroq, AQSh prezidentining fikricha, qurol yo‘q qilinmagan.
«Asadning yaqinda amalga oshirgan hujumi va bugungi reaksiya – Rossiya o‘sha va'dani bajara olmagani natijasi. Rossiya bir qarorga kelishi kerak: qorong‘u yo‘ldan ketishda davom etadimi, yoki boshqa davlatlar bilan birga barqarorlik hamda tinchlik o‘rnatilishiga ko‘mak ko‘rsatadimi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 14 aprel kuni Suriyaga nisbatan raketa hujumi boshlanganini bildirdi. AQSh va uning ittifoqchilari Suriyada kimyoviy qurol ishlatilishiga javoban Asad hukumatiga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
10:25 / 08.06.2026