Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ–3666-son qarori e'lon qilindi.

Norma’ning yozişiça, vazirlik tizimida Toşkent şahrini hisobga olgan holda, mamlakatning har bir hududida bittadan – 14 yuridik kollej taşkil etildi. Ular boşqa 13 ta kollej va 1 ta akademik litsey bazasida taşkil etilmoqda.

E'tiborli jihati şundaki, mazkur ta'lim muassasalarining direktorlari etib Qoraqalpoğiston adliya vaziri hamda viloyatlar va Toşkent şahar adliya boşqarmalari rahbarlari tayinlanadi.

Mazkur yuridik kollejlar quyidagi 7 ta ixtisoslik böyiça kadrlarni tayyorlaydi:

• davlat xizmatlari böyiça yurist;
• kadrlar masalalari böyiça yurist;
• agrar sektorda yurist;
• şartnoma masalalari böyiça yurist;
• notariat böyiça yurist;
• advokatura böyiça yurist;
• ijro jarayoni böyiça yurist.

Uşbu röyxat mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib çiqib, adliya vaziri tomonidan qayta körib çiqilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, hozirgi vaqtda örta maxsus yuridik kasb-hunar ma'lumotiga ega bölgan şaxslar advokat, notarius, yuriskonsult yordamçisi, şuningdek davlat ijroçisi, kadrlar böyiça inspektor, ruxsatnomalar byurosi inspektori, arxivarius, iş yurituvçi, iş yurituvçi kotiba va boşqa lavozimlarda işlaşi mumkin. Qonun hujjatlaridagi sönggi özgarişlar natijasida uşbu röyxat kengaytirildi.

Mazkur yuridik kollejlarga qabul tanlov asosida amalga oşiriladi. Kvota Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ma'lumot uçun: Prezidentning 26.01.2018 yildagi PF–5313-son Farmoni bilan 2019/2020 öquv yilidan kasb-hunar kollejlariga faqat 11-sinf bitiruvçilari qabul qilinişi belgilangan. Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ–3504-son qarori bilan belgilanişiça, kollejlarda öqiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi. Şuningdek mintaqalarda 3 yil işlab beriş şarti bilan davlat grantlari asosida öqitiladi.