GFR taşqi işlar vaziri Hayko Maasning ma'lum qilişiça, Rossiya Suriya hududidagi vaziyatga yeçim topişda ança konstruktiv yondaşuvga ega bölişi lozim. Bu haqda vazir ARD telekanali efirida ma'lum qilgan.
Uning sözlariga köra, Rossiya murakkab şerik sanaladi, biroq Germaniya u bilan muloqotni davom ettiriş istagida hamda Rossiya tomonidan konstruktiv takliflarni kutmoqda.
«Sönggi kunlarda keskinlikning yuz bermagani şundan dalolat beradiki, endi barça diplomatik va siyosiy yeçim haqida gapirmoqda, bu esa nimadir özgarişi kerakligiga doir haqiqiy belgi hisoblanadi», - deya aytib ötdi Maas.
Uning sözlariga köra, Rossiya har doim ham Asad rejimini himoya qila olmaydi.
«Bizga bu yoqadimi yoki yöqmi – Suriyadagi mojaroga Rossiya iştirokisiz yeçim topib bölmaydi», - deya qayd etib ötgan Maas.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya TIV rahbari Xayko Maas Rossiyaning «Katta yettilik» (G7) davlatlari guruhiga qöşilişi va G8 şakliga qaytiş ehtimoli juda past ekani haqida ma'lum qilgandi.

















