GM Uzbekistan AJ 2018 yil yanvar-mart oylarida Rossiyada 4,1 mingdan ortiq Ravon avtomobilini sotdi, bu 2017 yilga nisbatan 2,5 barobar köpdir. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasining Avtomobil işlab çiqaruvçilar qömitasi xabar berdi. 

2018 yilning martida kompaniya 2017 yilning şu davriga nisbatan savdolar hajmini 71 foizga oşirdi - 1,16 ming avtomobilgaça.

2018 yil yanvar-mart oylarida Rossiya bozorida GM Uzbekistan’ning uluşi 1 foizni taşkil etdi, 2017 yilning şu davrida esa bu raqam 0,5 foizga teng edi.

2018 yil yanvar-mart oylari yakuniga köra, GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi böyiça 21-örinni egalladi. GM Uzbekistan modellaridan heç biri hisobot davrida Top-25 bestsellerlar röyxatiga kirmadi.