Ukraina prezidenti Petr Poroşenko hukumatga MDH mamlakatlari bilan qator kelişuvlarni bekor qiliş vazifasini topşirdi. Bu haqida duşanba kuni Ukraina prezidentining Oliy radadagi vakili Irina Lutsenko mamlakat parlamentidagi muvofiqlaştiriş kengaşida ma'lum qildi. 

"Oliy boş qömondon hukumatni MDH mamlakatlari örtasidagi barça köp tomonlama kelişuvlar inventarizatsiyasini ötkazişga çaqirdi, bundan maqsad pragmatik jihatdan Ukrainaga zarur bölganlarinigina qoldirib, qolganlarini bekor qiliş. Masalan, diplomlarni tan oliş töğrisidagi kelişuv, bandlikni tan olişga doir bitim, tranzit kelişuvi va Ukraina iqtisodiyoti faoliyati uçun zarur bölgan boşqa şartnomalar öz kuçini saqlab qoladi", - deydi u.