00:39 / 16.04.2018
10067

Shomurodov «Rostov» bilan ilk g‘alabaga erishdi, «Spartak» va TsSKA qoqildi. Tur natijalari

Foto: Rostov FK

Rossiya Premer-Ligasining 26-turida «Rostov» o‘z maydonida «SKA-Xabarovsk» klubini qabul qildi. Uchrashuv 2018 yilgi jahon chempionati uchun tayyorlangan yangi «Rostov Arena» stadionida kechdi va mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida Born Sigurdarson va Xoren Bayramyan o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi, rostovliklar safida O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Eldor Shomurodov o‘yinning 77-daqiqasidan harakat qildi.

«Rostov» uchun bu yangi stadiondagi ilk g‘alaba bo‘ldi. Bu g‘alaba evaziga Valeriy Karpin shogirdlari RFPLda 5 uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyaga chek qo‘yishdi.

Endilikda «Rostov» 30 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 12-pog‘onasidan o‘rin olgan, «SKA-Xabarovsk» 13 ochko bilan oxirgi — 16-o‘rinda joylashgan.

Bu turda kutilmaganda «Spartak» safarda «Ural»ga yutqazdi. «Yekaterinburg Arena» o‘yingohida kechgan o‘yin mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi, bu «Ural» JCh-2018 uchun qayta rekonstruksiya qilingan arenadagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.

O‘yinning 37-daqiqasida Erik Bikfalvi «Ural»ni oldinga boshladi, 88-daqiqada Otman El-Kabir jamoasi ustunligini oshirdi, qo‘shimcha daqiqalarda Kvinsi Promes tomonidan urilgan gol moskvaliklar jamoasini qutqara olmadi.

«Spartak» chempionatda o‘tgan yil avgustidan buyon ilk marta mag‘lubiyatga uchradi, Massimo Karrera jamoasi 50 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, qizil-oqlar chempionat peshqadami «Lokomotiv»dan 5 ochko ortda qolgan, qolaversa, «temiryo‘lchilar»da bitta zaxira o‘yini mavjud. «Ural» 33 ochko bilan — to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan.

26-tur doirasida bugun o‘tkazilgan yana bir o‘yinda «Ufa» TsSKAni qabul qildi. «Neftyanik» stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.

Maydon egalari 41-daqiqada Dmitriy Sisuyevning goli evaziga hisobni ochishgandi, 78-daqiqada Axmed Musa armiyachilarni mag‘lubiyatdan qutqaruvchi golni urdi.

Bu natijadan keyin to‘rtinchi o‘rinda qolgan TsSKA (45 ochko) turnir jadvalida «Zenit»ni (45) o‘ziga yaqinlashtirib olgan, «Ufa» 35 ochko bilan yettinchi o‘rinda.

Rossiya chempionati
26-tur
Rostov – SKA Xabarovsk 2:0
 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 40 Sigurdarson, 2:0 – 89 Bayramyan.
Rostov – Abayev, Boben, Sigurdsson, Vilyush, Skopintsev (Bayramyan, 74), Ionov (Zuyev, 87), Kalachev, Yusupov, Gatskan, Parshivlyuk, Sigurdarson (Shomurodov, 77).
SKA Xabarovsk – Dovbnya, Navalovskiy, Ediyev, Putsko, Cherevko (Nikiforov, 46), Karasev, Fedotov (Balyaykin, 78), Samsonov, Dimidko, Kanunnikov, Sekulski (Kazankov, 60).
Ogohlantirishlar: Kazankov (70), Kalachev (85), Ediyev (88).

Ural – Spartak 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 37 Bikfalvi, 2:0 – 88 El-Kabir, 2:1 – 90 Promes.
Ural – Godzyur, Kulakov, Aroyan, Dinga, Merkulov, Yemelyanov (Yegorychev, 85), Bikfalvi, Dimitrov (Yevseyev, 80), Fidler, El-Kabir, Ilin (Portnyagin, 79).
Spartak – Rebrov, Petkovich (Samedov, 64), Maksimovich, Kutepov, Kombarov, Glushakov (Pashalich, 77), Zobnin, Fernando, Xanni (Pedro Rosha, 59), Promes, Ze Luish.
Ogohlantirishlar: Ze Luish (19), Kutepov (74), Portnyagin (86).

Ufa – TsSKA 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 41 Sisuyev, 1:1 – 78 Musa.
Ufa – Belenov, Nedelcharu, Nikitin, Tabidze, Jivoglyadov (Oblyakov, 82), Karp, Paurevich, Yokich (Alikin, 53), Stotskiy, Sysuyev (Zaseyev, 75), Igboun.
TsSKA –    Akinfeyev, Berezutskiy, Ignashevich, Nababkin, Fernandes (Vitino, 46), Bistrovich (Natxo, 67), Golovin, Kuchayev, Chalov, Vernblum (Jamaletdinov, 83), Musa.
Ogohlantirishlar: Golovin (35), Jivoglyadov (77).

Turnir jadvali

Top