Şu yilning 10 yanvar kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer şahar dehqon bozori rekonstruksiya qilinişi munosabati bilan vujudga kelgan muammolar haqida videolavha e'lon qilingan edi. Unda dökonlari buzilgan mahalliy tadbirkorlar tovon pulini oliş borasida muammolarga duç kelayotgani, ayrim tadbirkorlar esa, tovon pulidan voz keçgan holda, Yangiyer şahar dehqon bozorining qurilişida öz hisoblaridan iştirok etiş taklifini ilgari surgan edi. 

Bizga ma'lum qilişlariça, maqola e'lon qilinganidan söng, Sirdaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari, viloyat prokurori Yangiyer şahriga borib, hokim va tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazgan. Ikki tomonlama kelişuvga asosan mahalliy tadbirkorlar MÇJ taşkil etib, nizom jamğarmasini şakllantiradigan bölişgan. Şundan keyin bozorning yarmini quriş böyiça loyiha ularga taqdim etilişi, tadbirkorlar quriliş me'yorlariga muvofiq ravişda bozorning öz çeklariga tuşgan qismini barpo qilişlari lozim edi. 

“Saytingizda uşbu bozor bilan boğliq xabar çiqqanidan söng, Yangiyerga viloyat hokimining birinçi örinbosari, viloyat prokurori kelib, yiğiliş ötkazişdi. Şahar hokimi bilan kelişuvga erişildi. Biz tovon puli olmaslik böyiça tilxat yozib, 13 tadbirkor birlaşib, MÇJ taşkil qildik. Uning balansiga 20ta dökonni kiritdik. 5 mlrd sömlik nizom jamğarmasi taşkil etdik. Kelişuvga işonib 100 tonna sement, armatura ham xarid qilib qöydik.

Barça hujjatlar tayyor bölganidan söng, şahar hokimiyatidagi mutasaddilar hokim qaroriga ilova qilinadigan hujjatga imzo çekişdi. Birgina şahar hokimining imzosi qolgan, biroq u paysalga solmoqda. Dastavval, rozilik bildirib turgan Elyor Xöjayev, endilikda, bozordagi boşqa dökon egalari ham tovon puli olmasliklari uçun tilxat yozib berişlari kerakligini talab qilmoqda”, - deydi tadbirkorlardan biri Abduraşid aka. 

Ma'lum bölişiça, viloyat hokimligi, viloyat prokurori hamda savdo-sanoat palatasi viloyat boşqarmasi, soliq boşqarmasi tadbirkorlarning taklifini qöllab-quvvatlamoqda. Yangiyer şahar hokimligidagi ayrim mutaxassislar ham tadbirkorlar ajoyib fikrni ilgari surgani, qolaversa tovon pulidan voz keçganlari ham şahar byudjyetiga ançagina yordam ekanini ta'kidlaşdi.