Adliya vazirligi tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun yer uçastkalarini doimiy foydalanişga berişning yangi tartibi joriy etilişini nazarda tutuvçi hujjatlar loyihalarini işlab çiqib, QHTBT portalida joylaştirdi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyatini amalga oşiriş uçun yer uçastkalarini «E-IJRO AUKSION»dagi elektron auksionlar orqali yuridik va jismoniy şaxslarga doimiy foydalanişga beriş niyatidalar.
Bunda vakolatli organlar yer uçastkalarini berişga doir materiallarni körib çiqişi va kelişiş uçun qöşimça ravişda «YER ELEKTRON» maxsus avtomatlaştirilgan infotizim işga tuşiriladi. Şu tariqa, butun jarayon «inson omili» istisno etilgan holda faqat elektron şaklda amalga oşiriladi. Uşbu mexanizmni 2018 yilning ikkinçi yarmidanoq joriy etiş taklif qilinmoqda.
Yer uçastkalarini yangi qoidalar böyiça berişning muhokama qilinayotgan tartibi ança sodda bölib, quyidagi sikldan iborat: yer uçastkalari röyxatini şakllantiriş va ularni auksionga qöyiş uçun zarur materiallarni tayyorlaş – auksion ötkazilişi haqida axborot joylaştiriş – auksion ötkaziş – hisob-kitob qiliş va auksion natijalarini rasmiylaştiriş.
Auktsionda iştirok etiş uçun belgilangan muddatda elektron ariza beriş va 10 foizlik zakalat tölaş talab etiladi, xolos. Yer uçastkasining minimal qiymati (auksiondagi boşlanğiç bahosi) joylaşgan zonasiga qarab şaharlar, posyolkalar va qişloq joylardagi yer uçastkalaridan foydalanganlik uçun yuridik şaxslarga belgilangan yer soliğining yillik stavkasi, tumanlar (şaharlar) hokimliklarining auksion ötkaziş bilan boğliq xarajatlari, vakolatli organlarning materiallarni kelişiş işlari qiymatidan taşkil topadi.
Auktsionda lot bahosi haqidagi taklifni oxirgi bölib tasdiqlagan iştirokçi ğolib böladi. Auktsion ğolibiga yer ajratiş töğrisidagi qaror rasmiylaştiriladi, şuningdek yerga bölgan huquq davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisida guvohnoma beriladi.
Işlab çiqilgan hujjat namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotgan massivlarga, şuningdek quyidagilar uçun möljallangan yer uçastkalarini beriş hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
• Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan nazarda tutilgan muayyan turdagi obektlar qurilişi;
Biznes yuritiş uçun yer elektron auksion orqali ajratiladi
22:53 / 17.04.20186 0163 min

















