Armanistonda 13 aprel kunidan buyon norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. 16 aprel, duşanba kuni tongida Yerevan şahrida namoyişlarning yirik tölqini kuzatildi. Namoyişçilar mamlakatni 10 yil boşqargaç, vakolat muddati tugaşi yaqinlaşgaç, 2017 yili referendum orqali konstitutsiyaga özgartiriş kiritib, prezidentlik respublikasini parlamentar respublikaga aylantirgan hamda endi özi boş vazirga aylanayotgan Serj Sargsyanga qarşi norozilik çiqişlar ötkazişmoqda.

Namoyişlarga deputat Nikol Paşinyan boşçilik qilmoqda.

Duşanba kuni qöllarida Yerevanda Armaniston bayroqlari bölgan namoyiş iştirokçilari Milliy Majlisga eltuvçi Marşal Bagramyan köçasini egallab olişdi va bir vaqtning özida şahar markazida harakatni töxtatib qöyişdi.



Muxolifat tarafdorlaridan iborat namoyişçilar parlament binosi içiga kirişga urinişdi, politsiya bu urinişlarni yöqqa çiqardi.


Namoyişçilar şu kuni poytaxt markazidagi bir qança köçalarni va çorrahalarni egallab, transport qatnovini çeklaşdi. Ular «Yeritasardakan» metro bekatini tösib qöyişga harakat qilişgandi, ammo politsiya ularni bu yerdan uloqtirdi. Lekin namoyişçilar Armaniston Konstitutsion sudi binosiga kirişga muvaffaq bölişgan.

































