Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi «Bitimlarni notarial tasdiqlaş tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qöllagan holda takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 106-son qaroriga qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib ötamiz, idoralararo elektron hamkorlikni qöllagan holda köçmas mulkning oldi-sotdi, ayirboşlaş va hadya qiliş bitimlarini notarial tasdiqlaş Toşkent şahrida 2017 yil 1 iyuldan boşlab amalga oşirilmoqda, butun respublika böyiça esa joriy yil 1 iyuldan boşlanadi.
 
Poytaxtimizda soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi böyiça qarz mavjudligi avtomatik ravişda tekşirilmoqda. Ya'ni arizaçi tölovlar böyiça qarzi yöqligi töğrisida ma'lumotnomalar taqdim etmaydi. Uşbu axborotni notariuslarning özi elektron tizim orqali oladilar.
 
Qabul qilingan hujjat bilan respublikaning qolgan mintaqalarida notariuslar tomonidan arizaçining kommunal qarzlari haqidagi ma'lumotlar avtomatik ravişda olinişini joriy etiş muddatlari belgilandi:

• elektr ta'minoti va gaz ta'minoti böyiça – 2019 yil 1 yanvardan;
• issiqlik ta'minoti, suv ta'minoti va oqova suvlarni çiqariş xizmatlari böyiça – 2021 yil 1 yanvardan.  
 
Ayni şu paytdan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda tegişli idora va taşkilotlardan qarzdorlik böyiça axborot yuborilişi ta'minlanadi.


 Hujjat 6.04.2018 yildan kuçga kirdi.