Suriyada AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiyaning 14 apreldagi hujumi vaqtida Rossiyada işlab çiqarilgan “Pantsir” zenit raketa-zambarak majmuasi qöllangan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi vakili, general-mayor Igor Konaşenkov ma'lum qildi. 

Konaşenkovning aytişiça, Suriyada hujumni qaytariş uçun 112 ta zenit raketasi qöllangan. Havo hujumiga qarşi jangda “deyarli 100 foizlik samaradorlikni namoyiş qilgan” “Pantsir-S1” majmuasi qöllangan.

Konaşenkovning ta'kidlaşiça, ğarb raketalarining yuqori tezligi va juda kiçik akslantiruvçi sirtiga qaramasdan, 40 yildan avvalroq işlab çiqarilgan majmualar özini yaxşi körsatgan. “Raketa zarbalarini qaytarişda Suriya hukumat armiyasi tomonidan S-200, S-125, “Osa”, “Kvadrat”, “Buk” va “Strela” majmualari qöllangan», deb ma'lum qildi Rossiya vakili.

Ma'lum qilinişiça, uşbu majmualar bilan himoyalangan obektlar deyarli şikastlanmagan. Jumladan, birorta aerodromga jiddiy talofat yetmagan: öqqa tutilgan 7 ta aerodromdan ikkitasiga arzimas talofat yetgan. Barza va Jaramaniydagi ilmiy-tadqiqot obektlari tomon 30 ta snaryad otilgan, ulardan 5 tasigina yöq qilingan.

“Pantsir-S1” majmuasi Tula asbobsozlik konstruktorlik byurosida loyihalangan. Majmua 30 millimetrli tezotar avtomatik zambaraklar va boşqariluvçi raketalar bilan jihozlangan hamda past uçuvçi, kam seziluvçi hujum vositalaridan himoyalaniş uçun möljallangan.