11:40 / 18.04.2018
6392

«Amerikani xavfsiz saqlaymiz!» - Tramp jinoyatchi muhojirlar bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning tvitterda yozishicha, Qo‘shma Shtatlar oliy sudining og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan muhojirlar deportatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni bekor qilish bo‘yicha qarori qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

17 aprel kuni AQSh oliy sudi og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan xorijliklarning mamlakatdan majburiy deportatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni bekor qildi – sudda uni «konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan tushunarsiz narsa» deb atashdi. Qo‘shma Shtatlar yetakchisi bu qarorga bir nechta tviti bilan reaksiya bildirdi.

«Sudning bugungi qarori shundan darak beradiki, kongress xavfli jinoyatchi muhojirlarni, jumladan og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlarni chiqarib yuborishga imkon bermaydigan teshiklarni yopishi kerak. Bu jamoatchilik xavfsizligi inqirozi, u faqat kongress tomonidan hal etilishi lozim. Vakillar palatasi va senat jinoyatchilikka aralashib qolgan muhojirlarni jamiyatimizdan chetlashish maqsadida tezroq qonunchilik qarorini qabul qilishi kerak. Amerikani xavfsiz saqlaymiz!», - deya yozgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FTB sobiq rahbari Jyeyms Komi Qo‘shma Shtatlarning amaldagi prezidenti Donald Tramp davlat rahbari lavozimini egallash uchun «ruhan to‘g‘ri kelmasligini» aytgandi.

Mavzuga oid
Top