Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi oldiga 2021 yilgaça interaktiv davlat xizmatlarining yagona portaliga kelib tuşayotgan murojaatlarni körib çiqiş davrini qisqartiriş vazifasi qöyildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vaziri Azim Ahmadxöjayev vazirlik saytiga joylaştirilgan intervyuda şu haqida ma'lum qildi.
"Bugun iste'molçi yagona darçaga kelib, beş bosqiçdan ötişiga töğri kelmoqda. Har bir qadamda inson omili bor va berilgan sörovnomaga javob oliş tezligi ularning sa'y-harakatlariga boğliq.
Bizning oldimizga 2021 yilga qadar mazkur davrni qisqartiriş böyiça barça çoralarni köriş va ularni maksimal darajada raqamli formatga keltiriş vazifasi qöyildi. Agar bugun iste'molçi davlat xizmatlari markaziga kelib, operatorga sörovni taqdim etsa, u öz örnida sörovni davlat idoralaridagi boşqa operatorlarga yetkazsa, ular zarurat tuğilgan taqdirda arxivga sörov berişsa - bularning bari juda köp vaqt oladi.
Şu yilning oxirigaça qoğoz hujjatlar - arxiv va ma'lumotlar bazasini raqamli formatga ötkazmoqçimiz. Şu tariqa sörov davrini bir neça baravarga qisqartiramiz, çunki bunda biryöla ikki bosqiç qisqaradi. Iste'molçi faqat bir kişi - operator bilan muloqot qiladi. U esa axborot bazalariga murojaat qilib, elektron formatdagi ma'lumotlar bilan işlaydi. Keyingi yilning özidayoq şunday körsatkiçga erişişni rejalaştiryapmiz", - dedi Azim Ahmadxöjayev.
Vazirning sözlariga köra, 2021 yildan keyin inson omili umuman bölmaydi - yagona qadam böladi, xolos.
















