Karen’s Gourmet Kitchen va  Markets by Karen Anand kompaniyalari asoschisi Karen Anand Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Milliy PR-markazi taklifiga binoan O‘zbekistonga keldi. Qo‘mita vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi.

Karen Anand O‘zbekistonga sayohati davomida o‘zining yordamchisi Falguni Goxkale bilan Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida bo‘ldi hamda mamlakatning tarixiy obidalari bilan tanishdi. Shuningdek ular mahalliy restoranlarda ham bo‘lib, milliy taomlarimizni zavq bilan tatib ko‘rishdi va har birining tayyorlanishini yaxshilab o‘rganishdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Bundan tashqari, Karen Anand O‘zbekistonning milliy san'at namunalaridan katta taassurot oldi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

"Sizning yurtingiz menga juda yoqdi, - deydi Karen. - Milliy taomlar, tarixiy obidalar, odamlar - juda zo‘r. Kashtalar, so‘zanalar, gilamlar, ipak va keramika - barchasi juda ajoyib. Albatta, bu yerda men xaridlardan o‘zimni tiya olmadim va vatanimga to‘la chemodan bilan qaytyapman, hatto yukim keragidan ortib ham ketdi.