«Misrlik Messi» uşbu mavsumda aql bovar qilmas darajada öyin körsatmoqda va bunga uning ajoyib statistikasi ham dalolat qilmoqda. Agar «Liverpul»ning sönggi yillardagi eng yaxşi hujumçilari bilan soliştirsak, Saloh Torres (ilk mavsumda barça musobaqalarda 33 gol) va Suaresdan (31 gol) yaxşiroq körsatkiç qayd etib ulgurdi.

Muhammad Saloh Premer Liga futbolçilari orasidagi sörovnoma böyiça tuzilgan ramziy terma jamoadan ham joy oldi. Uşbu jamoaga kiritilgan 6 futbolçi (Keyn, Eriksen, Silva, De Bryuyne, De Xea va Saloh) uşbu mavsumdagi APLning eng yaxşi futbolçisi bölişga da'vogarlik qilmoqda. Sönggi yillarda asosan çempion jamoa tarkibidagi futbolçiga topşirilgan bu sovrin bu safar istisno holatida «Liverpul» hujumçisiga tegişi mumkin. «Mançester Siti» tarkibida De Bryuyne, Silva kabi futbolçilar ajoyib öyin körsatayotganliklariga qaramasdan, Salohning bu raqobatda peşqadam ekani haqiqatan ham katta natija. Va bu şunçaki, aldov emas, raqamlarga murojaat qilganimizda ham, 25 yoşli hujumçining körsatkiçlari e'tiborga molik.

1. Bir mavsumda urgan gollari soni böyiça eng yaxşi afrikalik futbolçi

Foto: Squawka

Muhammad Saloh 30 gol urişga erişib böldi, bu APLda şu paytgaça töp surgan afrikalik futbolçilar içida eng yaxşi natijadir. Afsonaviy Drogba 2009/10 yilgi mavsumda 29 gol urgandi. Öşa mavsumda «Çelsi» hammasi bölib 103ta gol urgan, Drogbaning gollari londonliklarga «Mançester Yunayted»ni 1 oçkoga ortda qoldirib, çempion bölişga yordam bergandi.    

2. APLda eng köp gol urgan misrlik futbolçi

Bir paytlar «Tottenhem», «Midlsbro», «Uigan», «Vest Hem» kabi jamoalar safida öynagan Mido APLda jami 22 gol urgandi. Saloh bir mavsumda hamyurtining natijasidan ançagina ilgarilab ketdi.  

3. APLda het-trik qilgan ilk misrlik futbolçi

Şu yilning 17 martida «Liverpul» «Uotford» ustidan 5:0 hisobida ğalaba qozondi va Saloh bu öyinda pokerga erişdi. Uçinçi goldan keyin Saloh bir qator körsatkiçlarni qayd etdi – Klopp boşqaruvi paytidagi «Liverpul» futbolçisining ilk het-trigi, 2013 yildan buyon «Enfild»dagi ilk het-trik va 2014 yildan buyon umuman het-trik qayd etgan ilk «Liverpul» futbolçisi. 

4. Eng köp marta oyning eng yaxşi futbolçisi