Yevroittifoq rahbariyati AQŞ prezidenti Donald Trampga Amerika avtomobillariga bojlarni pasaytiriş böyiça savdo bitimini taklif etişni rejalaştirmoqda, bu pölat va alyuminiyga bojlardan qoçiş uçun qilinyapti. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar berdi.
Naşr ma'lumotlariga köra, bu bitim AQŞning Amerikada işlab çiqarilgan va Yevropa bozoriga kirib borayotgan avtomobillar, ehtiyot qismlari hamda sanoat uskunalariga bojlarni pasaytiriş böyiça asosiy talabini qondiradi.
Ta'kidlanişiça, YeI buning evaziga Yevropa kompaniyalarining AQŞ davlat buyurtmalariga kirişini söraydi. Şu bilan birga, bitimda Yevroittifoq AQŞga Jahon savdo taşkilotida Xitoyga qarşi turişda yordam körsatişi kelişib olinadi.
Manbalar sözlariga köra, bunday taşabbus Germaniya tomonidan taklif etildi, u AQŞ bilan savdo uruşi keskinlaşsa, eng katta yöqotişlarga uçraşi mumkin.

















