Roskomnadzordan ma'lum qilişlariça, Facebook kompaniyasi Rossiya qonunçiligi talablaridan xabardor. Bu haqda FAN xabar bergan.

«Roskomnadzor Facebook kompaniyasi bilan doimiy muloqotda bölib turibdi, şuning uçun Rossiya qonunçiligi talablari, jumladan rossiyaliklar şaxsiy ma'lumotini Rossiya hududida mahalliylaştiriş rejalari ham kompaniyaga ma'lum. Şuningdek, kompaniya 2018 yil oxiriga qadar uning Rossiya hududidagi faoliyati Rossiya qonunçiligi normalarining bajarilişi yuzasidan tekşirilişi haqida ham xabardor etilgan», - deya aytib ötişdi idoradan.

Roskomnadzordan umid bildirişlariça, Facebook «Rossiyada işlaşdan manfaatdor va yakunda mamlakat huquqiy maydoniga tölaqonli kiradi».

Eslatib ötamiz, avvalroq Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov idora Facebook’ni Rossiya hududida bloklaşi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.