Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya sözlariga köra, Britaniyaning Solsberi şahrida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanişi va Suriyaning Duma şahrida göyoki röy bergan kimyoviy hujum özaro boğliq narsalar, sababi «Rossiyaga qarşi fitnalardir». Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Bu Rossiyaga tuhmat qiliş, uning xalqaro arenadagi nufuzi va örnini pasaytirişga qaratilgan uriniş. Men Solsberi va Duma özaro boğliq narsalar ekanini bekorga aytayotganim yöq. Birinçidan, unisi ham, bunisi ham – fitna. Ikkinçidan, unisi ham, bunisi ham Rossiya bilan boğlanmoqda. Bu Rossiyaga qarşi fitna, u Rossiya va Yevroittifoq örtasidagi keskinlikni yanada çuqurlaştirişga yönaltirilgan», - deya aytib ötdi Nebenzya.
Şuningdek uning qöşimça qilişiça, «aftidan, bu Buyuk Britaniyaga Brexit arafasida juda dolzarbdir».
Eslatib ötamiz, avvalroq KQTT Skripalni zaharlaşda qöllangan modda qaysi davlatda işlab çiqarilganini aniqlay olmagandi.


















