Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turin politexnika universitetining 2018-2019 o‘quv yili uchun qabul kvotasi belgilandi
18 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida 2018-2019 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul to‘g‘risidagi qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq:
2018-2019 o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul kvotasi belgilandi:
a) bakalavriat bosqichiga — 400 kishi to‘lov-shartnoma asosida, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha:
- "Mashinasozlik texnologiyasi" — 200 kishi;
- "Sanoat-fuqarolik qurilishi va me'morchilik" — 50 kishi;
- "Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi" — 100 kishi;
- "Aviakosmik injiniring" — 50 kishi.
b) magistratura bosqichiga — 25 kishi to‘lov-shartnoma asosida, "Mexatronika" ixtisosligi bo‘yicha.
Mazkur qaror ijrosi nazorati O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari K.V.Akmalov, N.S.Otajonov va Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vaziri I.U.Majidov zimmalariga yuklatildi.
Mavzuga oid
21:19 / 15.06.2026
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarning motivatsiyasi nima?
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
11:21 / 13.03.2026
Norfolkdagi universitetda otishma: FTB hujumchini IShID tarafdori deb atadi
15:45 / 11.03.2026