Özbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati Ramazon oyida futbol uçraşuvlari vaqtini muxlislar talabidan kelib çiqib, qayta körib çiqişni rejalaştirmoqda.

ÖFA birinçi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov sözlariga köra, Ramazon rözasi tufayli öyinlarning tanaffus vaqti iftorlik vaqtiga, tugaşi esa tarovih namozining boşlaniş vaqtiga moslaştiriladi.

«Muxlislarni futbol maydonlariga qaytariş uçun izlanişdan töxtamaymiz. Ular uçun yaratib beriladigan har qanday şaroit birinçi navbatda özimizni ham xursand qiladi. Bunda birinçi galda iftorlik vaqtini hisobga oliş kerak. Ya'ni, futbol uçraşuvlari şunday vaqtga qöyiladiki, taymlarning tugaşi oğiz oçiş vaqtiga yöl oçib beradi. Islom diniga e'tiqod qiluvçi futbol muxlislarimiz iftorlik qiliş hamda öz farzlarini ado etiş imkoniyatiga ega bölişadi.

Ramazon oyida yurtdoşlarimiz, şuningdek, taroveh namozlariga ham şoşiladi. Şundan kelib çiqib, öyinlarning tugaş vaqtini ham e'tibordan çetda qoldirmaslik kerak. Muhimi — muborak oy davomida futbol muxlislari öz farzlarini bemalol ado etiş barobarida, stadionlarga kelişda ham davom etişsin. Futbol hammamiz uçun bayramdek ötişi kerak».

Rahbarning taklifiga köra, tadbirkorlar uçun stadionlarga taşrif buyurib, yeguliklar va içimliklarni sotiş uçun ruxsat beriladi.

«Tadbirkorlar ham bunday vaqtda özlarini körsatişlarini istardim. Stadionlarda oğiz oçiş niyatida bölgan minglab odamlar böladi. Demak, ularga yeguliklar, içimliklar olib keliş ham savobli iş, ham çöntakka biroz bölsa ham foyda bölişi mumkin. ÖFA hamda Içki işlar vazirligi özaro samimiy hamkorlikni yölga qöyganimizdan kelib çiqsak, rözadorlar uçun mana şunday xizmatlarni körsatiş istagida bölganlar uçun barça stadionlar öz eşiklarini oçib beradi. ÖFA esa bosqiçma-bosqiç stadionlarimizda mana şunday xizmatlar uzluksiz yölga qöyilişi ustida iş olib boradi».

Bundan taşqari, jahon çempionati vaqtida Superliga öyinlari töxtatiladi, demoqda Umid Ahmadjonov. 

«Bungaça Professional futbol ligasi öyinlarning iş vaqtida boşlanmasligiga ahamiyat berib kelayotgandi. 8-turdan boşlab esa ayrim öyinlar vaqti havoning isişi sabab biroz keçiktiriladi. Şuningdek, har tört yilda bir bor ötadigan jahon çempionati vaqtida esa Superliga klublari ta'tilga çiqib ketadi. Ya'ni, mundial havosidan nafas olişni istagan futbol muxlislarining e'tibori ikkiga bölinib qolmaydi».

Birinçi vitse-prezident sözlariga köra, öyinlarni iftorlikka moslaştiriş faqat Superligada amalga oşiriladi. Pro-liga uçun bu taalluqli emas.