19 aprel kuni Milliy matbuot markazida Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari (OAV) va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi rahbari Said-Abdulaziz Yusupov iştirokidagi matbuot anjumani ötkazildi, unda 2017 yil yakunlari böyiça hisobot berildi hamda kelgusidagi rejalar bilan bölişildi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Fond rahbarining sözlariga köra, ötgan yili asosiy e'tibor quyidagi yönalişlarni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantirişga qaratilgan:

  • mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarining jamiyatni demokratlaştiriş va yangilaş;
  • mamlakatni modernizatsiya va isloh qiliş jarayonlarini keng yoritiş;
  • kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etiş;
  • inson huquqlarini himoya qiliş;
  • jamoatçilik fikrini umumlaştiriş va ifoda etiş;
  • fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyati, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oşirişda OAVning rolini kuçaytiriş;
  • bosma naşrlar va axborot agentliklari materiallarining professional, ğoyaviy va badiiy darajasini oşirişga yönaltirilgan loyiha va dasturlarni moliyalaştiriş;
  • jurnalist va texnik xodimlarni tayyorlaş hamda qayta tayyorlaş, ularning malakasi va ijodiy faolligini oşiriş.
Foto: Kun.uz

Bularning barini amalga oşiriş maqsadida hisobot davrida Fond tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasi tomonidan ajratilgan subsidiyalar hamda Fondning öz mablağlari hisobidan köplab loyihalar amalga oşirilgan. Said-Abdulaziz Yusupovning ma'lum qilişiça, hisobot davrida 70 dan ziyod yirik tadbirlar taşkil etilgan hamda ularda 1700 dan ortiq OAV vakillari iştirok etişgan.