Qirğiziston parlamenti bugun vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tayinlaş töğrisidagi masalasini muhokama etiş uçun navbatdan taşqari yiğiliş ötkazadi. Bu haqda TASS parlament matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
"Navbatdan taşqari yiğiliş spiker Dostonbek Jumabekov tomonidan çiqarilgan qaror asosida çaqiriladi", - deya ma'lum qilişgan matbuot xizmatidan. Xizmat xodimlari sözlariga köra, kun tartibiga “hukumat tarkibi, dasturi va tuzilmasini tasdiqlaş töğrisidagi” masalalar kiritilgan. Qirğiziston qonunçiligiga köra, vazirlar mahkamasi rahbari lavozimiga nomzod hukumat tarkibi va tuzilmasi loyihasini deputatlar körib çiqişi uçun taqdim etadi.
Avvalroq Qirğiziston parlamentidagi köpçilik koalitsiyasi prezident apparati rahbari Muhammadkaliy Abulğoziyev nomzodini hukumat rahbari lavozimiga taklif etgandi.
Respublika parlamentida hukmron koalitsiyaga Sotsial-demokratik partiya va “Respublika – Ata Jurt”, “Bir Böl”, “Qirğiziston” partiyalari fraksiyasi kiradi. Ularga 120 deputatlik mandatidan 96tasi tegişli. Muxolifatdan esa "Ata Meken" hamda "Onuguu- Progress" fraksiyalari bor.
Eslatib ötamiz, keça Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Sapar Isoqov hukumatining iste'fosi töğrisidagi farmonni imzoladi. Farmonga köra, boş vazir, boş vazir örinbosarlari lavozimini egallab turgan şaxslar, hukumat a'zolari yangi vazirlar mahkamasi şakllantirilgunga qadar iste'foga çiqadi. Prezident farmoni darhol kuçga kirdi.
Avvalroq Qirğiziston parlamenti deputatlari boş vazir Sapar Isoqov boşçiligidagi hukumatga işonçsizlik votumi bildirgandi. Parlament yiğilişi vaqtida 101 nafar deputat 2017 yil avgustida tayinlangan hukumatga işonçsizlik bildirgan, faqat 5 kişi joriy hukumatni yoqlagan.

















