Jamoaviy murojaat yuborish imkonini beruvchi portal bugun ishga tushiriladi

Foto: TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZI
Ma'lumki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida «Mening fikrim» maxsus veb-portali yaratilishi belgilangan edi.
Bunda internet tarmog‘ida parlament va fuqarolar o‘rtasida elektron jamoaviy murojaat kiritish imkoni beruvchi maxsus maydon yaratish nazarda tutilgan edi.
Taraqqiyot strategiyasi markazi xabariga ko‘ra, mazkur vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda www.meningfikrim.uz portali ishlab chiqildi.
Portal 20 aprel kuni soat 16.00 (Toshkent vaqti bilan)da ishga tushirilib, fuqarolardan elektron jamoaviy murojaatlarni qabul qila boshlaydi.
Elektron murojaatlar kiritish quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi:
- Avtorizatsiya va murojaatni yaratish;
- Ekspertiza va murojaatni joylash;
- Murojaatga ovoz berish;
- Murojaatni ko‘rib chiqish.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi
Jahon | 21:13
-
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo - Xitoy» ikkinchi sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 20:36
-
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00
Mavzuga oid

10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi

12:14 / 11.01.2024
O‘zbekiston statistika portali sinov rejimida ishga tushirildi

11:03 / 12.07.2023
Davlat mulki obektlari bilan savdo o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar portali ishga tushiriladi

15:33 / 04.03.2023