Qandim gazni qayta işlaş majmuasining oçilişi Özbekiston neft-gaz sektori va umuman iqtisodiyotini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi. Şuningdek, energetika sohasida Rossiya-Özbekiston şerikligi uçun keng imkoniyatlarning yana bir yorqin tasdiği hisoblanadi. Birgina “Qandim - Havzak - Şodi” loyihasi doirasida 200 milliard kub metrdan ziyod gaz qazib oliş rejalaştirilyapti.
Bu haqda Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev Qandim gazni qayta işlaş majmuasi oçilişi munosabati bilan yöllagan tabrik xatida aytib ötgan, deb yozmoqda “Xalq sözi”.
Eslatib ötamiz, 19 aprel kuni Qandim gazni qayta işlaş majmuasi oçilişi bölib ötdi. Umumiy qiymati 3 milliard dollardan oşadigan mazkur loyiha “Özbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi va Rossiyaning “Lukoyl” kompaniya hamkorligida amalga oşirildi.

















