Rossiya Federatsiyasining qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va ularning tajribasini O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalarida joriy etish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga 13-19 aprel kunlari tashrif buyurdi.

Delegatsiya Volgograd, Saratov, Qozon, Kuban, Stavropol va K.A.Timiryazev nomli Rossiya davlat agrar universitetlarida bo‘ldi.

Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti
Foto: Toshkent davlat agrar universiteti

Delegatsiya tashrifi davomida universitetlarning qabul tizimi, davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish tizimini batafsil o‘rgandi.

Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasining va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 9 ta “Anglashuv memorandumi” va 5 ta “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Imzolangan hujjatlar doirasida quyidagi natijalarga erishildi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalaridan jami 130 nafar talabaning turli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyotlarini Rossiya Federatsiyasining ushbu qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalari bazalarida o‘tkazishi kelishildi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi oliy ta'lim muassasalaridan, jami 45 nafar professor-o‘qituvchini Rossiya Federatsiyasining ushbu qishloq xo‘jaligi universitetlarida malakasini oshirishi rejalashtirildi.