Bu yilgi Özbekiston Qur'on musobaqasida «Oliy mukofot» sovrini joriy etilmoqda. Bu haqda ÖMI Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumki, musobaqa hifz va tilovat yönalişlarida ötkazilyapti va har bir yönaliş 3 toifaga bölingan:
18–25 yoşlilar.
26–40 yoşlilar.
Talabalar.

Musobqaning avvalgi 2 bosqiçi – tuman-şahar va viloyat bosqiçlarida körik şu yösinda ötkazilgaç, respublikada birinçi raqamli ğolibni aniqlaş masalasi köndalang böldi. Ayrim kişilar mazkur 3 toifani birlaştirib yuboriş taklifini aytdi. Bu iş köp jihatdan noqulaylik keltirib çiqarişi aniq edi. Çunki ma'lum yönalişdagi iştirokçilar uçala örinni ham egallab olişi mumkin. Bunda qolgan ikki yönalişdagilar uçun respublikada heç qanday örin nasib bölmaydi. Şu bois eng yaxşi yeçim sifatida «Oliy mukofot» usulini qöllaş ma'qul topildi. Unga köra musobaqa şu bosqiçgaça qanday kelgan bölsa, şunday davom etadi: har bir yönalişdagi guruhlarda alohida 1, 2 va 3-örinlar böladi va ulardan qaysi biri eng yuqori ball olsa, öşa Oliy mukofot sohibi deb topiladi.

Bu bilan nizo va oğrinişning oldini oliş barobarida yurtimizda ötkazilayotgan Qur'on musobaqasining saviyasini xalqaro musobaqalar darajasiga olib çiqişga harakat va uning har jihatdan adolatli bölişiga erişiş nazarda tutildi.

Oliy mukofot faqat hifz yönalişida böladi va erkagu ayollar uçun joriy etiladi. Şunda ölkamizda ötkazilayotgan bu yilgi Qur'on musobaqasida ayollardan bir kişi, erkaklardan bir kişi Oliy mukofotga sazovor böladi. Öylamizki, bu tadbir barçaga ma'qul.

Musobaqalarda şu kabi «Oliy mukofot» sovrinini ajnabiy tilda «Gran-pri» deb ataşadi. «Gran-pri» (eng oliy sovrin) atamasi ilk bor Fransiyada 1721 yili muomalaga kiritilgan va Fransiya fanlar akademiyasida matematika hamda boşqa ilmlarning rivojida katta örin tutgan. Bu mukofotlaş turi sportga 1805 yili Fransiyada ötkazilgan ot çoptiriş musobaqasi orqali kirib kelgan.

Birinçi raqamli mukofotga nisbatan Gran-pri atamasini qöllaş 19-asr örtalaridan xalqaro maydonga keng yoyila boşladi va 1901 yili ilk bor avtopoyga ğoliblarini taqdirlaşda qöllanildi. Asta-sekin bu atama boşqa sport musobaqalarda, adabiyot va san'atga oid tanlovlarda ham qöllaniladigan böldi.

«Gran-pri» – bir tur musobaqaning turli yönalişlari böyiça eng yuqori örin sohibiga beriladigan mukofot bölib, u odatda bir turdagi musobaqada yil mobaynida boşqa heç kimga berilmaydigan eng oliy sovrin hisoblanadi. Bu sovrin musobaqaning barça bosqiçlarida olgan ballari jamlanganda eng yuqori körsatkiçni qayd etgan iştirokçiga beriladi. Xalqaro miqyosdagi musobaqalarda sovrin ham jahon andozalariga köra eng yuqori, biror mamlakat miqyosidagi tanlovda esa şu mintaqa qariçi bilan ölçanganda eng oliy darajada bölişi talab qilinadi.