Buxoro viloyatining Kogon şahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bölişiça, 2018 yil 14 aprel kuni 1952 y.t. A.O‘. IIBga murojaat qilib, unda şu yil 13 aprel soat 21.30larda noma'lum şaxslar davlat raqami aniqlanmagan “Lasetti” rusumli avtomaşinada uning uyiga kelib özlarini DXX maxsus xizmati xodimlari deb taniştirib, ulardan biri xizmat guvohnomasini körsatib, unga nisbatan Toşkent şahrida jinoyat işi qözğatilganligi va tergov harakatlarini ötkaziş uçun uni Toşkent şahriga olib boriş kerakligini aytib qörqitib, unga nisbatan tazyiq ötkazmaslik hamda işni ijobiy tomonga hal qilib berişlari evaziga 1.000.000 AQŞ dollari berişini talab qilganlar.

Şundan söng A.O‘.ning uyi oldida noma'lum şaxslar undan 500 ming AQŞ dollarini tovlamaçilik yöli bilan olib voqea joyidan yaşiringanliklari ma'lum bölgan. 

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumani Dumliyon köçasida yaşovçi, muqaddam sudlangan, 1984 y.t. B.Q., Samarqand şahri Beruniy köçasida yaşovçi, muqaddam sudlangan, 1984 y.t. P.G., şu köçada yaşovçi, 1984 y.t. S.M., Samarqand şahri Spitamen köçasida yaşovçi, 1977 y.t. M.Yu. va Samarqand şahri H.Bayqaro köçasida yaşovçi, 1984 y.t. A.M. sodir etganliklari aniqlanib, B.Q. va P.G. uşlangan. 

S.M., M.Yu. va A.M. Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Qozon şahrida qölga olingan.