Toşkent harbiy okrugidagi Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlariga qaraşli harbiy qism taşkil topgan sana munosabati bilan bayram tantanasi ötkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tantanada Mudofaa vazirining örinbosari – Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlari qömondoni general-mayor Ahmad Burxonov harbiy qism tomonidan erişilgan muvaffaqiyatlarni e'tirof etdi.
– Osmondagi mahorat yerdagi maşqlarda ta'minlanadi. Bundan keyin ham jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlikni izçil oşirib borişga harakat qilamiz. Barça böğindagi komandirlarning faoliyati harbiy xizmatçilarda yuksak ma'naviy va axloqiy fazilatlarni tarbiyalaş, faol hayotiy pozitsiya hamda vatanparvarlik, mamlakat taqdiri uçun mas'uliyat hissi bilan yaşaş tuyğusini yanada kuçaytirişga qaratilgan. Uşbu sana munosabati bilan Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlari qömondonligining Faxriy yorliği bilan taqdirlanişim zimmamdagi mas'uliyat zalvorini yanada oşirdi, – deydi mayor Uluğbek Norov.
Qurolli Kuçlar Markaziy aşula va raqs ansamblining xonanda va raqqosalari harbiy xizmatçilar hamda askarlarning bayramona kayfiyatini kötardi.
Harbiy qismda taşkil etilgan vertolyot texnikalarning körgazmali namoyişi yoşlarda uçuvçilik kasbiga iştiyoqini kuçaytirdi.



















