Armaniston poytaxtida Serj Sargsyanga qarşi çiqqan namoyişçilarni qölga oliş işlari davom etmoqda.
«Interfaks» agentligi xabariga köra, köçalarda odamlar töplanib turişiga yöl qöyilmayapti va bunga intilişlar kuç bilan bartaraf etilmoqda.
Politsiya ma'lumotiga köra, qarşilik körsatganlardan 100 nafarga yaqini qölga olingan.
Yerevan markazidagi Respublika maydonida vaziyat taranglaşgan, u yerda namoyişçilarning aksar qismi töplangan.
Armaniston politsiyasi fuqarolarni Yerevandagi mitinglar joyidan ketiş böyiça ogohlantirmoqda.
«Politsiya yiğilişlarni taqiqlaş va oldini oliş böyiça qarordan keyin barça namoyişçilarni ortga qaytişga çaqirmoqda. Taşkilotçilar Paşinyan, Mikayelyan va Mirzoyan majburiy ravişda miting joyidan olib ketildi», deyilgan politsiya ma'lumotnomasida.
Bugun muxolifatçilar yetakçisi Nikol Paşinyan va mamlakat boş vaziri Serj Sargsyan örtasidagi muloqot davom etmasdan, boş vazir iste'fo böyiça talabni eşitişni istamay muzokara joyini tark etgaç, namoyişlarning yangi tölqini boşlangandi. Şundan söng, politsiya qat'iy harakat qilib, muxolifat yetakçisini qölga olgani, namoyişçilar maxsus vositalar orqali tarqatib yuborilayotgani töğrisida xabar berildi.


















