Samarqand uzra havo sharlari parvoziga start berildi (suratlar+video)

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi hamda tijorat banklari hamkorligida Samarqand shahrida havo sharlari ishga tushirildi. Qo‘mita vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi.
Samarqandga tashrif buyurgan mehmonlar, shuningdek mahalliy turistlar havo sharlarida shahar uzra parvoz qilishlari mumkin. Ular 100 metr balandlikdan Samarqandning go‘zal manzaralarini tomosha qilib, zavq olishadi. Bu esa sayyohlarga bir-biridan ajoyib suratlar olish va o‘z vaqtlarini maroqli o‘tkazish imkonini beradi.

Bundan avval KUN.UZ'da Buxoro uzra mana shunday havo sharlari parvoz qilayotgani haqida xabar berilgan edi. Endi esa ularni Samarqand shahrida ham ko‘rishingiz mumkin.
Bundan tashqari, KUN.UZ'da 2018 yilda O‘zbekistonga kamida yana 15 ta havo shari keltirilishi haqida xabar berilgan edi.
1 mart kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Xalqaro aeronavtika assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Unda joriy yilda O‘zbekiston Shveytsariyaning "Blaser Swisslube" kompaniyasidan kamida 15 ta havo sharini xarid qilishiga kelishilgandi. Bu sharlar tarixiy shaharlarda xorijiy sayyohlar va o‘zbekistonliklar uchun xizmat qilishi ta'kidlangan edi.
"Blaser Swisslube" boshqaruv raisi Piter Blazer sportning aeronavtika turini rivojlantirish O‘zbekiston brendining rivojlanishiga yordam berishiga ishonch bildirgan edi.

"Anchadan beri O‘zbekistonga kelish istagimiz bor edi. O‘zbekistonda bo‘lishdan juda baxtiyormiz va hamkorlikdagi loyihalarimiz asosida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shishga umid qilamiz va o‘ylaymizki, buning uddasidan chiqamiz ham", - degan edi Piter Blazer KUN.UZ muxbiriga.


Guvohi bo‘layotganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Aeronavtika federatsiyasining hamkorlikdagi rejalari bugunga kelib amalda o‘z tasdig‘ini topmoqda.

Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35 / 14.05.2025
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14 / 14.05.2025
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59 / 14.05.2025
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025