2018 yilda Özbekistonga kamida yana 15 ta havo şari keltiriladi. KUN.UZ muxbiri 1 mart kuni Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasida Xalqaro aeronavtika assotsiatsiyasi vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda taqdim etilgan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Tadbirda ma'lum qilinişiça, joriy yilda Özbekiston Şveytsariyaning Blaser Swisslube kompaniyasidan kamida 15 ta havo şarini xarid qiladi. Bu şarlar tarixiy şaharlarda xorijiy sayyohlar va özbekistonliklar uçun xizmat qiladi. Kelgusida mamlakatda havo şarlari festivali ötkazilişi ham ehtimoldan xoli emas. Buning uçun havo şarlaridan foydalaniş qoidalari işlab çiqilişi talab etiladi.
Blaser Swisslube boşqaruv raisi Piter Blazerning sözlariga köra, sportning aeronavtika turini rivojlantiriş Özbekiston brendining rivojlanişiga yordam beradi.
"Ançadan beri Özbekistonga keliş istagimiz bor edi. Ikki yilça avval şunga harakat qildik, biroq buning iloji bölmadi. Bu yil yana bir bor harakat qilib körişga qaror qildik va Şveytsariya elçixonasi kömagida buning uddasidan çiqdik, bu biz uçun katta omad. Özbekistonda bölişdan juda baxtiyormiz va hamkorlikdagi loyihalarimiz asosida Özbekistonda turizmni rivojlantirişga hissa qöşamiz, deya umid qilamiz va öylaymizki, buning uddasidan çiqamiz ham", - dedi Piter Blazer.
Piter Blazerning KUN.UZ'ga ma'lum qilişiça, ular şu kunlarda Samarqand, Buxoro şaharlariga borib, u yerlarda aeronavtikani rivojlantiriş uçun imkoniyatlar qay darajada ekanini örganişadi. "Öylaymanki, Özbekistonning Samarqand, Buxoro kabi tarixiy şaharlar gözalligini nafaqat yerdan, balki yuqoridan - havo şaridan turib guvohi bölişingiz mumkin böladi", - deydi u.
Şuningdek u Özbekistonga taşrifi davomida mamlakat, uning infratuzilmasi qay darajada rivojlanganini körib, yoqimli hayratga tuşganini aytdi va bu bilan özbekistonliklarni tabrikladi.
Ta'kidlaş joizki, aeronavtikani rivojlantiriş Özbekistonga köplab faol sayyohlarni jalb qilişi mumkin. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari Ş.Şorahmetovning ta'kidlaşiça, Özbekiston kelgusida aeroplanlar, paraplanlar, paraşyutlar masalasida ham katta marralarni közlamoqda.
Şveytsariyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Oliver Çeyvning sözlariga köra, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi ayni damdagi Özbekistondagi vaziyatga juda töğri yondaşmoqda.

















