2018 yilning yanvar-mart oylarida Toşkent şahri yöllarida 309ta yöl-transport hodisasi röy berdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,6 foizga kam demakdir. Uşbu hodisalarda 37 kişi hayotdan köz yumgan (5,1 foiz kamaygan), 382 kişi turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda şahar IIBB YHXB boşliği Barat Mamenov OAV vakillari bilan uçraşuvida ma'lum qildi.
2018 yil 5 martidan 17 apreligaça bölgan muddat davomida jami 100 840ta YHQni buziş holatlari aniqlangan. Şundan 24 780tasi qöpol qoidabuzarliklar bölsa, 912tasi alkogolli içimlik ta'sirida avtomobil boşqariş, tezlikni oşiriş 6 220ta, svetoforning taqiqlovçi çiroğiga böysunmaslik 1530ta, töxtaş yoki töxtab turiş qoidasini buziş 1320tani taşkil etgan. 138ta YTH oqibatida 19 kişi vafot etgan.
Ötgan yilning ayni şu davrida (5 mart-17 aprel) 125 735ta qoidabuzarlik qayd etilgan edi.
Bundan taşqari, ŞIIBB YHXB sayti işga tuşirilganidan buyon fuqarolardan jami 535ta murojaat kelib tuşgan, şundan 527tasi körib çiqilgan. Saytga yuborilgan foto va videomateriallar natijasida 374 haydovçiga jarima solingan.
Barat Mamenovning ma'lum qilişiça, YHXBning 50 maxsus transport vositasi “Avtokon” qurilmalari bilan jihozlangan bölib, ular vositasida fotoradarlar yordamida qoidabuzarligi aniqlanib, jarima tölamagan haydovçilarning avtomaşinalari aniqlanadi. 2017 yil 18 iyulidan (“Avtokon”dan foydalaniş boşlangan) şu vaqtga qadar 41 063 maşina aniqlanib, ularning haydovçilariga 11 mlrd sömdan ortiq jarima solişga erişilgan.
Mavzuga oid: Jamoatçilik nazorati: mobil xabarlar natijasida huquqbuzar haydovçilarga jarimalar yozilmoqda
Şu bilan birga, piyodalar ötiş qismlari borasida ham jiddiy işlar olib borilmoqda. Jumladan, 52ta “piyoda ötiş joyi” yöl belgisi örnatilgan, 78tasi almaştirilgan. Bu borada kelgusida ham işlar davom ettirilib, Toşkent şahar böylab 22ta yangi yerusti piyodalar ötiş köpriklarini quriş böyiça taklif berilgan.
OAV vakillari bilan ilk marotaba uçraşgan Barat Mamenov söngsöz örnida Toşkent şahri fuqarolari va mehmonlarini Yöl harakati qoidalariga rioya qilişga çaqirib qoldi.

















