Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi 14 may kuni ochiladi
AQShning Al-Qudsdagi elchixonasi 14 may kuni ochiladi. Bu haqda Kommersant Isroilning Rossiyadagi elchixonasi matbuot attashesi Aleks Gandlerga asosan xabar berdi.
«Qo‘shma Shtatlarning Al-Qudsdagi elchixonasi joriy yilning 14 may kuni ochiladi, Isroil Mustaqillik kunida, - degan diplomat. – Biz Isroil poytaxtida Isroil mustaqillik kunini nishonlash marosimida juda muhim mehmonlar ishtirok etishini kutmoqdamiz».
Avvalroq Isroil OAV Amerika delegatsiyasiga moliya vaziri Stiven Mnuchin rahbarlik qilishi, shuningdek AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning eri, prezident katta maslahatchisi Jared Kushner kelishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi va u yerga mamlakat elchixonasini ko‘chirish qarori haqida o‘tgan yilning 6 dekabr kuni e'lon qildi. Bu arab mamlakatlari va Falastin noroziligiga sabab bo‘ldi. BMT Xavfsizlik kengashi ham Vashington qarorini qo‘llab-quvvatlamadi. Donald Tramp diplomatik missiya ko‘chirilishiga qarshi chiqqan davlatlarga moddiy yordamni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa Al-Qudsga elchixonani ko‘chirishga qaror qilgan ilk o‘n davlatga moliyaviy yordam va'da berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu olti davlat o‘z elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga tayyor turgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026