Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:00 / 23.04.2018
54017
1 daqiqa o‘qiladi
Jizzax viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida lavozim o‘zgarishi yuz berdi, deb xabar qilmoqda IIV rasmiy sayti.
Ma'lum bo‘lishicha, general-mayor G‘ayrat Toirovich Qodirov Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Qodirov G‘ayrat Toirovich
G‘ayrat Qodirov bundan avval Toshkent shahar IIBB, Samarqand viloyati IIBda ham mas'ul lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati IIB boshlig‘i o‘zgargandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish