2018 yil 23 aprel kuni Ledokol Group media-reklama agentligiga asos solinganiga 10 yil töladi.

Bu vaqt davomida uç kişidan iborat bölgan dovruği taralmagan kompaniyadan bugungi kunda esa 30 dan ziyod mutaxassislar guruhi faoliyat yuritayotgan kompaniyagaça bölgan davrni bosib ötdi. Ledokol Group turli yillarda   Mail.ru Group, Odnoklassniki  va Yandeks kabi yirik xalqaro IT-gigantlarning reklama manfaatlarini namoyiş etib keldi.

Kompaniya yiliga 2000 dan ziyod iştirokçilarni özida mujassam etuvçi, Özbekistonda yirik xalqaro digital konferensiyalar – Usenet va Mobicon, taşkilotçisi hisoblanadi.

Agentlik faoliyatida kelgusidagi rivojlanişning muhim bosqiçi 2016 yil hisoblanib, mazkur yilda  butun dunyo böyiça mijozlarga reklama xizmatlarining töliq spektrini taqdim etuvçi Dentsu Aegis Network xalqaro reklama tarmoği bilan hamkorlik yölga qöyildi.

Avvalo, hozirgi vaqtda har ikki kompaniyaning diqqat markazi ikkita eng istiqbolli media-kanallar – televideniye va internet-reklamalarni integratsiyalaşga qaratilgan.

Foto: Ledokol Group

Joriy yilning mart oyida Ledokol Group vakillari Yevropa, şuningdek MDH va Örta Osiyo bozorlari boşqariladigan Irlandiyadagi Google va Facebook mintaqaviy ştab-kvartiralariga yana bir bor taklif etildi. Taşrif davomida Özbekiston reklama beruvçilari uçun kompaniyaning reklama vositalari va xizmatlarini rivojlantiriş böyiça kelgusidagi qadamlari muhokama qilindi, şu bilan birga Örta Osiyo mintaqasida agentlikning örni muhimligi ta'kidlab ötildi.

Foto: Ledokol Group

«Biz barça mijozlarimizni, xodimlarimiz va hamkorlarimizni mazkur yubiley bilan tabriklaymiz. Asosiy vazifamiz har doimgidek mijozlar uçun eng zamonaviy va samarali reklama xizmatlarini taqdim etiş, şuningdek Özbekistonda xalqaro investitsiyani oşiriş bölib qoladi», – deb ta'kidladi kompaniya rahbari Dilşod Muzaffarov.