Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobuldagi portlashda halok bo‘lganlar soni 57 kishiga yetgani xabar berilgandi. Ta'kidlanishicha, portlash tufayli yana taxminan 119 kishi jabrlangan. Hodisa 22 aprel kuni ertalab Kobuldagi saylovchilarni ro‘yxatga olish uchun markaz yonida sodir bo‘ldi. Xudkush terrorchi tomonidan ikkita portlovchi qurilma ishga tushirilgan.