Yaqinda xalqaro ahamiyatdagi A-380 "G‘uzor-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu" avtomobil yo‘lining 355-440 km qismlarida – Buxoro viloyatining Romitan, Jondor va Peshku tumanlari hududlaridan o‘tuvchi 85 km qismini 2 tasmali asfaltbeton qoplamali yo‘ldan 4 tasmali sementbeton qoplamali avtomobil yo‘liga o‘tkazish loyihasi bo‘yicha rekonstruksiya qilish ishlari to‘liq yakunlandi, deb xabar bermoqda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi yo‘l-transport sohasidagi 30dan ortiq xalqaro konvensiyalar, shartnomalar va kelishuvlar a'zosi hisoblanadi. Mamlakat, shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan – milliy transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish va xalqaro transport tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha bir qator davlatlararo dasturlarning faol ishtirokchisi hamdir. Respublika hududidan 20dan ortiq xalqaro avtotransport yo‘nalishlari o‘tgan.