Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari va murabbiylari aniqlandi
France Football nashri dunyo futbolchilari va murabbiylarining daromadlarini hisoblab chiqdi.
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi mavsum yakuniga ko‘ra, hammadan ko‘p – 126 million yevro daromad olishi ma'lum bo‘ldi. Bu qiymat ichiga futbolchining maoshi, mukofotlari va reklamadan olgan daromadi kiradi.
Reytingning ikkinchi pog‘onasida «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu boryapti - 94 million yevro. Uchinchi o‘rinni «Pari Sen-Jyermen» hujumchisi Neymar egallab turibdi – 81,5 million yevro.
Dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi murabbiyi portugaliyalik Joze Mourino bo‘lib, u 26 million yevro ishlab topadi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy terma jamoasi ustozi Marchelo Lippi – 23 million yevro. Uchinchi o‘rinda argentinalik Diyego Simeone – 22 million yevro. To‘rtinchi o‘rinda «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan – 21 million yevro.
Mavzuga oid
12:17 / 03.07.2026
JCh kundaligi. Ronalduda tarixiy gol, Modrichda alamli yakun
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026