Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Eron bilan yadro kelishuvini saqlab qolish yo‘lini topdi
Eron bilan yadroviy kelishuvda ishtirok etayotgan Yevropa davlatlari shunday shartlarni ishlab chiqishdiki, bunda AQSh kelishuvni tark etmaydi. Bu haqda Suddeutche Zeitung xabar qilmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya AQSh bilan kelishuv borasida kelishib oldi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp, kutilishicha, Eronga qarshi navbatdagi sanksiyalar joriy etishni to‘xtatib turadi. Yadroviy kelishuv katta o‘zgarishga yuz tutmaydi, biroq uning alohida qismlari o‘zgartiriladi.
Shuningdek ta'kidlanishicha, AQSh tomonidan yangi sanksiyalar joriy etiladigan bo‘lsa, «oltilik»dagi Yevropa mamlakatlari Vashington siyosatini qoralab chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy milliy atom agentligida, agarda AQSh yadro kelishuvini tark etadigan bo‘lsa, «kutilgan va kutilmagan» reaksiya variantlari borligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:25
Tramp Xominaiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini bildirdi
19:47
Kemalar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun qancha haq to‘lashi kerakligi ma’lum bo‘ldi
11:53
Eronlik futbol rasmiylariga AQSh vizasi berilmadi
23:35 / 06.06.2026