Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telefondan doimiy tarzda qo‘ng‘iroq qiluvchi Tramp Oq uyda xavotir keltirib chiqardi
AQSh prezidenti Donald Tramp shaxsiy mobil telefonidan ko‘p foydalana boshladi, shu sababdan Oq uy apparati xodimlarida turli xavotirlar kelib chiqmoqda. Bu haqda CNN telekanali o‘z manbalariga asosan xabar bergan.
«So‘nggi vaqtlarda u telefonidan juda ko‘p foydalana boshladi», - deya ma'lum qilgan manbalardan biri.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp o‘z qo‘ng‘iroqlari haqidagi batafsil ma'lumot apparat rahbari Jon Kelliga taqdim etilmasligini xohlamoqda. Avval u qo‘ng‘iroqlar uchun ichki telefondan foydalangan, biroq endi ko‘proq o‘z telefonini ishlatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron bilan birgalikda Oq uydan uncha uzoq bo‘lmagan yerda eman daraxti ko‘chatini o‘tqazgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026