Sidneyda yaşovçi 12 yoşli bola onasi bilan janjallaşib qolib, ota-onasining kredit kartasini oldi va buvisini aldab, Baliga uçib ketdi. Gap şundaki, onasi uning Baliga parvoz qilişiga ruxsat bermagan va buning natijasida ular janjallaşib qolişgan. A Current Affair körsatuvida avstraliyalik bola tarixi sözlab berildi.
Dryu (bolaning ismi jurnalistlar tomonidan özgartirilgan) Avstraliyaning bir neça aviakompaniyasi bolalarga ota-onasiz sayohat qilişga ruxsat berişini oldindan aniqlagan. U onlayn-çipta xarid qilib, kiyimlarini yiğgan va ota-onasiga maktabga ketayotganini aytgan. Buning örniga u aeroportga yöl olgan va Ğarbiy Avstraliya ştati poytaxti hisoblangan Pert şahriga, u yerdan esa - Balining asosiy şahri Denpasarga parvoz qilgan.
Dryuning sözlariga köra, undan faqat bir marta - Pertda qöniş vaqtida nima uçun yolğiz sayohat qilayotganini söraşgan. "Mendan şunçaki maktab guvohnomasi va tuğilganlik töğrisidagi guvohnomamni söraşdi", - deydi u. Teşiruvdan söng u öz sayohatida davom etdi.
12 yoşli bola Baliga taşrifiga oldindan tayyorgarlik körgan: u All Seasons mehmonxonasidan nomer band qilgan. Joylaşuv paytida u tez orada opasi kelişini aytgan. Manbada uning qança vaqt sayohat qilganiga aniqlik kiritilmagan.
Maktab ma'muriyati bolaning ota-onasiga qönğiroq qilib, uning darslarda qatnaşmaganini ma'lum qilgan. Bolaning onasi öğli Balida ekanidan xabar topgan va u yerga qarab yöl olgan. "Uning sayohatga ketganidan xabar topganimizdagi his-tuyğularimni ta'riflaşga söz ojiz", - deydi ona. Dryu esa qilgan işidan heç ham afsusda emas.

















