Shavkat Mirziyoyev va Si Tszinpinning ikki tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik Pekinda muhokama qilindi
2018 yilning 24 aprel kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a'zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Fevraldagi uchrashuv davomi sifatida TIV rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning aniq yo‘llari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston prezidentining 2017 yil may oyidagi Xitoyga ko‘lami va samaradorligiga ko‘ra tarixiy davlat tashrifi ikki tomonlama aloqalarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi, davlat rahbarlari o‘rtasidagi yuqori darajadagi o‘zaro ishonchni namoyish etdi.
Vazirlar ShHT davlat rahbarlarining Tsindao shahrida bo‘lajak majlisiga va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Tszinpinning ikki tomonlama uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdilar.
Mintaqaviy kun tartibini muhokama qilish chog‘ida Abdulaziz Komilov va Van I tomonidan Toshkentda mart oyida bo‘lib o‘tgan va Xitoyning nufuzli delegatsiyasi faol ishtirok etgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajali xalqaro konferensiya natijalari yuqori baholandi va Afg‘oniston mojarosini hal etish doirasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari tasdiqlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining boshqa dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
13:00 / 09.10.2024
Botqoqlikdan turistik maskanga aylantirilgan daryo. Pekin buni qanday uddaladi?
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
10:09 / 29.04.2024