Viber messenjeri Roskomnadzorning Telegram’ni bloklaş bilan boğliq harakatlari sababli beqaror işlayotganidan foydalanuvçilarni ogohlantirdi. Bu haqdagi xabar 24 aprelda tarqatilgan.

Viber ma'muriyati messenjerning işlaşini töliq tiklaşga urinmoqda. Biroq xizmat qaçon töliq işlaşiga aniqlik kiritilmagan.

“Sizlardan ba'zilar Viber’da qönğiroq qiliş yoki foto jönatişda qiyinçiliklarga uçragan bölişingiz mumkin. Yuzaga kelgan vaziyat regulyatorning (Roskomnadzor) mamlakatdagi millionlab internet-serverlarni bloklaş yordamida boşqa messenjerni bloklaşi natijasi hisoblanadi. Bu esa Viber va boşqa servislarga ta'sir körsatgan”, deyilgan Viber xabarida.

Viber bilan işlaşda muammolar haqida birinçi marta 16 aprelda ma'lum bölgan. Şu kuni Rossiyada Telegram’ga kiriş bloklana boşlagan. Bu Viber qöllaydigan Amazon bulutli xizmatiga kirişga Roskomnadzorning çeklovi bilan boğlangan.

Viber ommaviyligi böyiça WhatsApp’dan keyin Rossiyada 2-örinda turadi va 20 mln foydalanuvçini qamrab olgan.