Buyuk Britaniyada Kayman orollari va Britaniya Virgin orollaridagi hisob raqamlarida öz pul mablağlarini saqlayotgan kompaniyalar benefitsiarlari şaxsini oçiqlaş imkoniyati körib çiqilmoqda. Tegişli qonun loyihasi böyiça ovoz beriş jarayoni keyingi hafta bölib ötadi, deb yozmoqda The Times.

Konservativ partiya vakili Endryu Mitçellning sözlariga köra, Britaniya boş vaziri Tereza Mey bu hujjatni tayyorlaşga rozi bölgan. U «dunyoning istalgan qismida Britaniya bayroği ostida iflos pullar yaşirilmayotganiga» işonç hosil qiliş uçun kerak.

Qonun loyihasiga köra, Birlaşgan Qirollik tarkibiga kiruvçi hududlar şaffoflik islohotini 2020 yilga qadar amalga oşirişi lozim.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniya boş vaziri Tereza Mey Ukraina prezidentiga mamlakatdan rossiyalik 13 diplomat çiqarib yuborilgani uçun minnatdorlik bildirib, bu harakat davlat rahbariyati kollektiv xavfsizlik manfaatlariga sodiq ekanidan darak berişini aytgandi.